Ko‘p beriladigan savollar :
Savdo muzlatkich uskunalarini ta’mirlash qancha vaqtni olishi mumkin?
Hammasi nuqsonga bog‘liq, ba’zi nuqsonlarni usta kelganidan keyin darhol bartaraf qilish mumkin. Kamdan-kam hollarda kutish muddati uzog‘i bilan 1-2 kun.
Savdo uskunalariga qanchalik tez-tez xizmat ko‘rsatish kerak?
Yaxshisi yiliga bir marta, yoz mavsumi boshlanishidan oldin.
Muzlatkichga xizmat koʻrsatish nimani anglatadi?
Agar siz muzlatish uskunangizga diqqat bilan qarasangiz, vaqti-vaqti bilan tozalanishi yoki almashtirilishi (ventilyatorlar) kerak bo‘lgan turli xil radiatorlar va ventilyatorlarni (muzlatkich ostida, muzlatkichning tepasida, muzlatkichning yonida, muzlatkichning ichida) ko‘rasiz. Statistika boʻyicha savdo muzlatkich uskunalari buzilishining 60 foizi unga hech qachon xizmat ko‘rsatilmaganligi (masalan, muzlatkichning tashqarisida turadigan kondensator-radiator tozalanmaganligi) bilan bogʻliq.
Nima uchun tajribali va malakali usta topish muhim?
Savdo muzlatish uskunalari biznes yuritishda qo‘llanilishini unutmang, shunga ko‘ra uning ishdan chiqishi moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. O‘z navbatida, hatto mayda malakasiz ta’mir ham muzlatkichingizning muhim elementlari ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin, bu esa qo‘shimcha sarf-xarajatlarga olib keladi.
Savodsiz ta’mirlash, masalan, muzlatkichdagi motorni almashtirish nimasi bilan xavfli?
Birinchidan, motorni, shuningdek, boshqa tarmoqlarni noto‘g‘ri tanlash uskunangizning sovitish quvvati yo‘qolishiga olib keladi. Ya’ni, muzlatkichingiz muqaddam sovitib kelgan mahsulot hajmini endi sovuta olmaydi.
Ikkinchidan, siz elektr energiyasi uchun ortiqcha haq to‘laysiz (masalan, agar kerak bo‘lgandan zaifroq yoki, aksincha, talab qilinganidan ko‘ra kuchliroq motor qo‘yilsa)
Uchinchidan, muzlatkich tarmoqlarini noto‘g‘ri tanlash muzlatkichdan foydalanish noqulay bo‘lishiga olib kelishi mumkin (qattiq shovqin qiladi, muzlatkich ostida suv to‘planadi, tez-tez ishdan chiqadi)
Men ishlatilgan savdo muzlatkichi sotib olmoqchiman, chunki yangisi men uchun qimmat turadi. Bu xavfli emasmi?
Bunday holatda siz bizlardan dastlabki maslahat va tanlashda yordam olishingiz mumkin.
Muzlatkichni ta’mirlash uchun ustaxonaga olib borishim kerakmi?
Juda kamdan-kam hollarda, 98% hollarda - kerak emas
Menda muzlatkich uskunasining korpusi bor, undan to‘laqonli ishchi muzlatkich yasash mumkinmi?
Albatta, mumkin, lekin avval siz kerakli asbob-uskunalarning kichik hisob-kitobini qilishingiz kerak bo‘ladi
Mening muassasamda elektr bilan bog‘liq muammolar mavjud. Bu muzlatkichning xizmat muddatiga ta’sir qiladimi?
Albatta taʼsir qiladi. Masalan, past kuchlanish (200 volt va undan past) kompressorning tez eskirishiga va muzlatkichingizning quvvati yo‘qolishiga olib keladi. Yuqori kuchlanish (240 volt va undan yuqori) esa kompressor motorining haddan tashqari qizib ketishiga olib keladi va elektronikaning (kontrollerlar, termostatlar) ishdan chiqishiga sabab boʻlishi mumkin.Shuningdek, juda past kuchlanishda, siz elektr energiyasi uchun ortiqcha haq to‘laysiz.
Savdo muzlatkich uskunalaridan foydalanish ishlash shartlariga qo‘yiladigan qandaydir talablar bormi?
Bor. Oddiy qilib aytsak, muzlatkichni quyosh nurlari toʻgʻridan-toʻgʻri tushadigan qilib qo‘ymang, shuningdek, muzlatkichingiz uchun toza havo kelishini ta’minlang. Hech bo‘lmaganda ushbu ikkita qoidaga rioya qilish uskunangizning xizmat muddatini oshirish imkonini beradi.
Qo'ng'iroq qilish :
+ 998 94 608 64 49